Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi oʻrganildi.

Shahar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi”ning hisobotlari tinglanib, hudud bo‘ylab ko‘chalar, yo‘llar holati, kommunal sohadagi muammolarning hal etilishi ko‘zdan kechirildi. Ishlarni jadallashtirish, infratuzilmani yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi.

32-sonli bog‘cha hovlisida yo‘laklar va mashg‘ulot maydonchalari talabga javob bermasligi tanqid qilindi. Yo‘laklar va mashg‘ulot maydonlarini yangilash hamda yangi bino qurish bo‘yicha davlat dasturiga taklif kiritish vazifasi topshirildi