Milliy suvenirlar festivali

Milliy suvenirlar festivali
28 oktabr kuni yurtimizning barcha hududlarida Milliy suvenirlar festivali boʼlib oʼtdi. Surxondaryodagi tadbirlar "Termiz" davlat muzey -qoʼriqxonasida (sobiq viloyat madaniyat va tarix muzeyi) tashkil etildi.
Tadbir dasturidan folklor-etnografik guruhlar va raqs jamoalari joʼrligidagi koʼrgazma-yarmarkalar, tanlovlar, hunarmandlarning mahorat darslari oʼrin oldi.
Taʼkidlash joiz, mahalliy hunarmandlar yaratgan milliy suvenirlar savdosini yoʼlga qoʼyish hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, hunarmandlar bandligini taʼminlashga, ularga moddiy va maʼnaviy koʼmak koʼrsatishga yordam beradi.
Festival ishtirokchilariga viloyat hokimining tashakkurnomalari topshirildi.
Ushbu tadbirlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevral kuni qabul qilingan «Oʼzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» gi farmoniga asosan tashkil qilindi.