BRIFING

Bugungi kunda Termiz shaxar “Suv ta’minoti” bo‘limida 6 ta guruxli (Manguzar, Shimoliy, 4-5 kichik daxadagi, Bog‘ishamol va O‘zbekiston) ichimlik suv chiqarish va uzatish xavzalarida 27 ta ichimlik suv quduqlari xamda maxallalar xududida 33 ta aloxida suv chiqarish quduqlari, shaxarda 1 dona 35 ming.m3 sig‘imli oqova suv tozalash inshoati va 5 dona oqova suv ko‘tarish nasos stansiyalari mavjud bo‘lib, shaxar xududidagi 37 ta maxallada yashovchi 195920 nafar axolining 97,6 % markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, qolgan 4669 nafar 2,4 % qismi aloxida suv chiqarish quduqlari va suv chiqarish kachoklari orqali ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Termiz shaxar “Suv ta’minoti” bo‘limi xisobida 361,2 km ichimlik suv va 113,1 km oqova suv quvurlari mavjud bo‘lib, ular orqali 40950 ta axoli xonadonlarida yashovchi 139420 ta kishiga, 97 ta budjet muassasalariga va 950 ta ulgurji iste’molchilarga ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Bugungi kunda Termiz shaxar “Suv ta’minoti” bo‘limidagi mavjud 364,3 km ichimlik suv quvurlaridan 78,9 km xamda 113,1 km oqova suv quvurlaridan 20,3 km qismi ta’mir-talab xolatga kelib qolganligi natijasida tarmoqlarda avariya nosozlik xolatlari vujudga kelib, uzilishlar ro‘y bermoqda. Ichimlik suvi va oqova suv quvurlardagi yorilishlarni o‘z muddatida bartaraf qilishda va qazilgan joylarni qayta asfal’t koplamasi bilan yotkizish muammosi xam vujudga kelib, maxalla fuqaro yig‘inlari xamda axoli xonadon egalari tomonidan xaqli ariza va shikoyatlar ko‘payib ketmoqda. Buning asosiy sabablari “Surxondaryo suv ta’minot” MCHJ tomonidan kerakli bo‘lgan material texnik resurslar ajratilmay qazilgan joylar asfal’t qoplamalari bilan qoplanmasligi natijasidadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli “2022-2023 yillarda maxallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan shaxardagi 10 ta maxallalarga ichimlik suv quvurlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 3,5 mlr.so‘m mablag‘ moliyalashtirilib, shaxarning “Ma’rifat” maxallasida 0,3 km, “Surxon-soxili” maxallasida 1 km, “Amu-soxili” maxallasida 0,34 km, “Kokildor ota” maxallasida 1,2 km, ichimlik suv quvurlari qurilib, foydalanishga topshirilib, 320 ta xonadon ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Shuningdek shaxarning “Navro‘z” maxallasida 0,36 km, “Shodlik” maxallasida 0,2 km, “Turon” maxallasi 0,43 km oqova suv quvurlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga shaxarning “Mexrobod” maxallasidagi ichki ko‘chalarga 2,7 km ichimlik suv quvurlari va “Alpomish” maxallasida 0,6 km oqova suv quvurlarini rekonstuksiya qilish ishlari nixoyasiga yetkazilib, ichimlik suvi va okova suv xizmatlari ta’minoti yaxshilandi.
Shuningdek ushbu qarorga qo‘shimcha ravishda shaxarning 7 ta maxallasida ichimlik suvi va oqova suv quvurlarini qurish xamda rekonstruksiya qilish uchun 5,1 mlrd.so‘m mablag‘ ajratish belgilanib, shaxarning “Tinchlik” maxallasida 2 dona ichimlik suv quduqlari mukammal ta’mirdan chiqarilib, yangi nasoslar o‘rnatilib, 4,1 km ichimlik suv quvurlari qurilib, rekonstruksiya qilinib, “Tinchlik” maxallasidagi axoli xonadonlari markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shaxarning “Do‘stlik” maxallasidagi yakka tartibdagi axoli xonadonlari ilk bor oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 0,6 km oqova suv quvurlari qurilib, 1 dona oqova suv ko‘tarish nasos stansiyasi qurildi. Shaxarning “Guliston” maxallasi Qirg‘oq bo‘yi ko‘chalardagi axoli xonadonlarida ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1,2 km ichimlik suv quvurlari rekonstruksiya qilinib, 1 dona ichimlik suv chiqarish qudug‘i mukammal ta’mirdan chiqarilib, yangi suv chiqarish nasosi o‘rnatildi. Shaxarning “Bo‘ston” maxallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarni ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 0,5 km ichimlik suv quvuri rekonstruksiya qilinib, 2 dona suv chiqarish qudug‘i mukmmal ta’mirdan chiqarilib, yangi nasoslar to‘plami o‘rnatildi. Shu bilan birga ushbu maxalladagi ko‘p qavatli uy-joylar oralig‘idagi tashqi oqova suv quvurlarini mukammal ta’mirlash maqsadida 0,44 km tashqi oqova suv quvurlari qayta qurildi. Shaxarning “Ma’rifat” maxallasi Taraqqiyot ko‘chasida 0,3 km va “Alpomish” maxallasida 0,5 km oqova suv tarmog‘i qayta rekonstuksiya qilinib, nosozliklar bartaraf qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2023 yil 10-fevraldagi 19-sonli yig‘ilish bayyoniga muvofiq 37 ta maxallalarga ajratilgan 75 mlrd.so‘m mablag‘i xisobidan 20,1 km ichimlik suv quvurlari, 2,5 km oqova suv quvurlarini qurish va rekonstruksiya qilish 22 dona ichimlik suv chiqarish quduqlarini va 2 dona oqova suv ko‘tarish nasos stansiyalarining 2 dona suv uzatish nasoslarini qayta qurish va ta’mirlash ishlari uchun 6,2 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari pudratchi korxona tomonidan amalga oshirildi.
Jumladan;
1. Shaxarning “Bog‘zor” maxallasidagi 6467 axoli xonadonlari 100 % markazlashgan ichimlik suvi xamda 5635 axoli 87,1% oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ajratilgan budjet mablag‘lari xisobidan 284,1 mln.so‘m ajratilib, maxalladagi ko‘chalarda“Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan 1,2 km oqova suv quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari nixoyasiga yetkazildi.
Shuningdek ushbu maxalladagi aloxida suv chiqarish qudug‘iga 1 dona ETSV-8-40-90 rusumli yangi suv chiqarish nasosi xamda elektr jixozlari o‘rnatildi.
2. Shaxarning “Mexrobod” maxallasidagi 5152 axoli 100 % markazlashgan ichimlik suvi va 3648 axoli 70,8 % oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil yanvar-noyabr oylarida ajratilgan mablag‘ xisobidan 427 mln.so‘m mablag‘ ajratililib, 2,7 km ichimlik suv quvurlari qayta rekonstuksiya qilindi. pudratchi “Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan 1,2 km yangi oqova suv quvurlari qurildi. Lekin maxalla fuqarolari yig‘ini raislari va xomiy yordamchisi tomonidan axoli xonadonlariga targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmaganligi sababli axoli xonadonlariga ichki oqova suv tarmog‘ini tortish ishlari to‘liq nixoyasiga yetkazilmay qolmoqda.
3. Shaxarning “Chegara” maxallasidagi 3852 ta axolining 95 % markazlashgan ichimlik suvi va 440 axoli 11,4 % oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil yanvar-noyabr oylarida maxalliy budjet xisobidan 56,3 mln.so‘m ajratish belgilanib, pudratchi “Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan 0,2 km suv quvurlari yangi qurildi.
4. Shaxarning “Guliston” maxallasi 13459 axoli 100 % markazlashgan ichimlik suvi va 8024 axoli markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil I-yarim yilligida maxalliy budjet xisobidan 360 mln.so‘m mablag‘ ajratish belgilanib, pudratchi “Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan 0,6 km ichimlik suv quvuri qurilib, 2 dona aloxida suv chiqarish qudug‘i rekonstruksiya qilinib, yangi suv chiqarish nasosi va elektr jixozlari o‘rnatildi. Shuningdek oqova suv ko‘tarish nasos stansiyasiga 1 dona oqova suv ko‘tarish nasosi o‘rnatildi.
5. Shaxarning “Gulira’no” maxallasidagi 3175 axoli 100 % markazlashgan ichimlik suvi va 2289 axoli 72,1 %oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil I-yarim yilligida maxalliy budjet mablag‘lari xisobidan 282,0 mln.so‘m mablag‘ ajratish belgilanib, pudratchi “Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan 0,8 km oqova suv quvurlari yangidan qurildi. Lekin axoli xonadon egalari tomonidan ichki oqova suv tarmog‘i tortilmasdan markazlashgan oqova suv quvuriga to‘liq ulanmagan.
6. Shaxarning “Tuproqqo‘rg‘on” maxallasida yashovchi 7832 axoli 100 % markazlashgan ichimlik suv va 96,7 % axoli oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil I-yarim yilligida maxalliy budjet xisobidan 292,0 mln.so‘m ajratish belgilanib, pudratchi “Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan 0,4 km ichimlik suv va 05 km oqova suv quvurlari rekonstruksiya qilindi. Shuningdek pudratchi korxona tomonidan 2 dona aloxida suv chiqarish qudug‘iga yangi nasos va elektr jixozlari o‘rnatildi.
7. Shaxarning “Bog‘ishamol” maxallasida yashovchi 15687 axoli 100 % ichimlik suvi va 9581 axoli 611 % oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil II-yarim yilligida maxalliy budjet mablag‘lari xisobidan 215,6 mln.so‘m mablag‘ ajratish belgilanib, pudratchi “Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan 1 dona ichimlik suv chiqarish qudug‘i mukammal ta’mirdan chiqarilib, 1 dona yangi 37 kVtli soatiga 260 m3 quvvati yangi suv uzatish nasosi o‘rnatildi.
8. Shaxarning “O‘zbekiston” maxallasida yashovchi 4756 axoli 100 % markazlashgan ichimlik suv va 4059 axoli 85,3 % oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil yanvar-noyabr oylarida maxalliy budjet mablag‘lari xisobidan 339 mln.so‘m mablag‘ ajratish belgilanib, pudratchi korxona tomonidan 0,6 km ichimlik suv quvurlari rekonstruksiya qilinib, suv uzatish nasos stansiyasiga 1 dona zamonaviy suv uzatish nasosi o‘rnatildi.
9. Shaxarning “Manguzar” maxallasida yashovchi 6755 axolidan 91,0 % markazlashgan ichimlik suv va 3033 axolidan 45,0 % oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan. O‘tgan 2023 yil I-yarim yilligida maxalliy budjet mablag‘lari xisobidan 750,0 mln.so‘m mablag‘ ajratish belgilanib, pudratchi “Suyunbek Surxon” MCHJ tomonidan maxallaning Guliston ko‘chasida 8 ta 2 qavatli uy-joylarga 1,8 km oqova suv quvurlari qurilib, 1 dona 100 m3 sig‘imli oqova suv ko‘tarish nasos stansiyasi qurilib, axoli xonadonlari markazlashgan oqova suv quvuriga ulanib, oqova suv xizmatlari bilan ta’minlandi.
10. Shaxarning “A.Navoiy” maxallasida 2023 yilning II-choragida investitsiya dasturiga binoan “Angor Xushboq Ali” xususiy korxonasi tomonidan 1360 mln.so‘m mablag‘ xisobidan 1 dona suv qudug‘i rekonstruksiya qilinib, 25 m3 sig‘imli suv saqlash inshoati qurilib, 6,3 km ichimlik suv quvurlari yangidan qurilib, axoli xonadonlari ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
11. Shaxarning “Kokildor ota” maxallasida joriy yilning II-choragida investitsiya dasturiga binoan 620 mln.so‘m mablag‘ xisobidan “Termiz Tezkor Qurilish” xususiy korxonasi tomonidan 2,25 km magistral va ichki suv quvurlari qurildi. Shuningdek pudratchi “Universal Qurilish Maxsus Trans” MCHJ tomonidan maxalliy budjet ajratilgan 380 mln.so‘m mablag‘ xisobidan 1 dona suv chiqarish qudug‘i ta’mirdan chiqarilib, 25 m3 sig‘imli suv saqlash inshoati yangidan qurilib, 0,2 km suv quvuri qurilib, 135 xonadonga ichki suv quvuri tortilib, axoli xonadonlari ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
12. Shaxarning “Jayxun” maxallasida maxalliy budjet xisobidan pudratchi 131,6 mln.so‘m mablag‘ xisobidan 0,2 km ichimlik suv quvurlari qayta rekonstruksiya qilinib, ushbu xududdagi ko‘p qavatli uy-joylarning suv ta’minoti yaxshilandi.
13. Shaxarning “Avloniy” maxallasida maxalliy budjet xisobidan 297,0 mln.so‘m mablag‘ xisobidan pudratchi “Universal Qurilish Maxsus Trans” MCHJ tomonidan 0,35 km ichimlik suv quvurlari qayta rekonstruksiya qilinib, ko‘p qavatli uy-joylarning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi. Shuningdek ushbu xududdagi aloxida suv chiqarish qudug‘iga yangi suv chiqarish nasos to‘plami o‘rnatildi.
14. Shaxarning “Namuna” maxallasi xududida maxalliy budjetda 86,6 mln.so‘m mablag‘ xisobidan axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 dona suv chiqarish nasoslari to‘liq rekonstuksiya qilinib yangi nasoslar to‘plami o‘rnatildi.
15. Shaxarning “Yulduz” maxallasida maxalliy budjet xisobidan 305,6 mln.so‘m mablag‘ xisobidan pudratchi “Universal Qurilish Maxsus Trans” MCHJ tomonidan 0,6 km oqova suv quvurlari qurilib, axoli xonadonlari oqova suv xizmatlari bilan ta’minlandi. Shuningdek ushbu xududdagi aloxida suv chiqarish qudug‘iga yangi nasoslar to‘plami o‘rnatildi.
16. Shaxarning “Pattkesar” maxallasidagi axoli xonadonlarini to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida pudratchi “Zarafshon Termiz” XK tomonidan 730 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 2,6 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, 1 dona ichimlik suv chiqarish qudug‘i yangidan qazilib, axoli xonadonlari to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
17. Shaxarning “Shodlik” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 0,36 km ichimlik suv quvuri va 2 dona suv chiqarish qudug‘ini rekonstruksiya qilish uchun 155 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-montaj ishlari to‘liq nixoyasiga yetkazildi.
18. Shaxarning “Surxon-soxili” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Zarafshon Termiz” XK tomonidan 93 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,44 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, axoli xonadonlarining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
19. Shaxarning “Nurli kelajak” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Zarafshon Termiz” XK tomonidan 184 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,61 km ichimlik suv va oqova suv quvurlari yangidan tortilib, axoli xonadonlarining ichimlik va okova suv ta’minoti yaxshilandi.
20. Shaxarning “Do‘stlik” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Yulduz Aziza Xafiza” XK tomonidan 110 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,23 km ichimlik suv va oqova suv quvurlari yangidan tortilib, axoli xonadonlarining ichimlik va okova suv ta’minoti yaxshilandi.
21. Shaxarning “Temir yo‘lchi” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Yulduz Aziza Xafiza” XK tomonidan 148 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,78 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, axoli xonadonlarining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
22. Shaxarning “Amu-soxili” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Zarafshon Termiz” XK tomonidan 61,1 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,23 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, axoli xonadonlarining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
23. Shaxarning “Jo‘yjangal” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Zarafshon Termiz” XK tomonidan 280 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,41 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, 1 dona suv chiqarish nasosi ta’mirdan chiqarilib, yangi nasos o‘rnatildi.
24. Shaxarning “Jomiy” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Yulduz Aziza Xafiza” XK tomonidan 52 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,22 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, axoli xonadonlarining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
25. Shaxarning “Eski shaxar” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Zarafshon Termiz” XK tomonidan 324 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 1,2 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, 2 dona suv chiqarish nasosi ta’mirdan chiqarilib, yangi nasos o‘rnatildi.
26. Shaxarning “Turon” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Yulduz Aziza Xafiza”XK tomonidan 96 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,34 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, 1 dona suv chiqarish nasosi ta’mirdan chiqarilib, yangi nasos o‘rnatildi.
27. Shaxarning “Alpomish” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Universal Qurilish Maxsus Trans” MCHJ tomonidan 92 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,2 km ichimlik va oqova suv quvurlari yangidan tortilib, 2 dona suv chiqarish nasosi ta’mirdan chiqarilib, yangi nasos o‘rnatildi.
28. Shaxarning “Saxovat” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Yulduz Aziza Xafiza” XK tomonidan 86 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,36 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, axoli xonadonlarining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
29. Shaxarning “Bo‘ston” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Universal Qurilish Maxsus Trans” MCHJ tomonidan 25 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 25 dona ochiq xolatga kelib qolgan ichimlik suv taqsimlash xamda oqova suv qabul qilish quduqlarining ustki qismi ta’mirdan chiqarilib, yangi cho‘yan qopqoqlar o‘rnatildi.
30. Shaxarning “Ma’rifat” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Zarafshon Termiz” XK tomonidan 108 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,12 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortilib, 1 dona suv chiqarish nasosi ta’mirdan chiqarilib, yangi nasos o‘rnatildi.
31. Shaxarning “Tinchlik” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Yulduz Aziza Xafiza” XK tomonidan 65 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 2 dona ichimlik suv chiqarish qudug‘i mukammal ta’mirlanib, 2 dona yangi suv chiqarish nasosi o‘rnatildi.
32. Shaxarning “Kattabog‘” maxallasidagi axoli xonadonlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida pudratchi “Universal Qurilish Maxsus Trans” MCHJ tomonidan 12,8 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, 0,1 km ichimlik suv quvurlari yangidan tortildi.
Ushbu ishlar natijasida o‘tgan baxor-yoz mavsumida xamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumida shaxar axoli xonadonlari to‘liq barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlanib, shaxardagi axoli xonadon egalari tomonidan ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, vertual qabulxonasi, Ishonch telefon orkali va shaxar xokimligi viloyat prokuroturasi tomonidan ichimlik suv ta’minotidagi uzilishlar to‘g‘risidagi murojaatlarning keskin kamayishiga erishildi.
Shu bilan birga 2021-2025 yillarda Respublika budjeti xisobidan umumiy qiymati 283 mln.dollar bo‘lgan "To‘palang Termiz" suv omboridan uzunligi 371,0 km magistral suv quvurini qurish orqali shaxar axolisini to‘liq toza ichimlik suv bilan ta’minlash loyixasi bugungi kunda viloyatning Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qo‘mqo‘rg‘on tuman axoli xonadonlari to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlayotganligi xamda 2021-2025 yillarda shaxar axolisiga sutkasiga 60 ming.m3 toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha loyixa va qurilish ishlari nixoyasiga yetkaziladi.
Shuningdek 2024-2028 yillarda shaxarning oqova suv ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida Xukumatimiz Germaniya Federativ Respublikasining KFWB banki tomonidan 34 mln.Yevro miqdordagi gumanitar yordam sifatida mablag‘ ajratish belgilanib, bugungi kunda shaxarning oqova suv tozalash inshoatini yangi zamonaviy qurish xamda 8,8 km magistral oqova suv tarmoqlarini qayta qurish, 80 km ichki oqova suv quvurlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish loyixa smeta xujjatlari tayyorlanmoqda. Ushbu loyixa to‘liq quvvati ishga tushirilgandan so‘ng shaxar axolisi 100 % toza ichimlik suvm va 80 % oqova suv xizmatlari ko‘rsatilishiga erishiladi.

“Suv ta’minoti” MCHJ shahar bo‘limi boshlig‘i S.Eshpulatov