"Yashil makon" umummilliy loyihasi

Termiz shahridagi "A. Jomiy" mahallasi hududida joylashgan 14-umumta'lim maktabida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining deputatlari tashabbusi bilan aholi hayoti sifatini oshirish omili hisoblangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 120 tup turli xil viloyatimiz iqlimiga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekildi.

Keng jamoatchilik vakillari osmonimiz doimo musaffo boʻlishi, yurtimiz tinch, shaharlarimiz yanada rivoj topib boraverishini tilab duo qildilar.