Yosh chegarachilar maktab oʻquvchilari bilan uchrashishdi

Ana shunday uchrashuvlar bugun Termiz shahridagi 13-sonli hamda 26-sonli umumtaʼlim maktablarida DXX Chegara qoʻshinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari bilan oʻtkazildi.

Harbiy libosi oʻziga yarashib turgan yosh oʻgʻlonlar oʻzlari 10-sinfgacha tahsil olgan maktabda oʻquvchilarga DXX Chegara qoʻshinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi, unda yaratilgan sharoitlar, oʻqishga qabul qilinish shartlari haqida atroflicha maʼlumotlar berishdi.

Uchrashuvlar yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiylikka qiziqtirish, ularga yurt oldidagi farzandlik burchini anglatishi bilan ahamiyatli boʻldi.