“Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun”

Bugun Termiz shahridagi 13-14-15-16-sonli umumiy oʻrta maktablarining faollar zalida “Bo'ston”, “Alpomish”, “O'zbekiston”, “Yulduz”, “Shifokor”, “Temiryo'lchi” va “Abdurahmon Jomey” mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun “Mahallada duv-duv gap“ targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

 ”Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar ishtirokchilar qalbiga oʻzgacha ruh olib kirib, aholining xursandchiligiga sabab boʻlmoqda hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlarni amalga oshirishda aholini hamjihatlikda harakat qilishga va yanada faol boʻlishga chorlamoqda.

Tasdiqlangan reja asosida barcha mahallalarda tadbirlar davom etmoqda.