Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Prezident Farmoni (https://lex.uz/uz/pdfs/6732832) bilan, 2024-2026-yillarda Buxoro, Andijon, Toshkent, Angren, Termiz shaharlari hamda Toshkent tumanidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi chiqindi yig‘ish maydonchalarida chiqindilarni «qayta ishlanadigan», «qayta ishlanmaydigan» va «oziq-ovqat» toifalariga ajratgan holda yig‘ish tashkil etiladi.

2024-yilning 1-iyul kunigacha ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan chiqindilarni toifalariga ajratgan holda to‘plashi uchun quyidagi turdagi maxsus chiqindi paketlari bilan fuqarolar bepul ta’minlanadi:

● qayta ishlanadigan maishiy chiqindilar uchun — shaffof, rangsiz;
● qayta ishlanmaydigan maishiy chiqindilar uchun — qora rang;
● oziq-ovqat chiqindilari uchun — jigarrang.

Qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar chiqindi yig‘ish maydonchalarida sanitar tozalash korxonalari tomonidan sotib olinadi.