Yangi yil - orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami!

Termiz shahar hokimi O'.To'rayev barchani kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklar bildirib, doimo yurt tinchligiyu osoyishtaligini so'rab duoda bo'lish haqida aytib o'tdi.

Estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan kuyu qo'shiqlar kuylanib ishtirokchilarga a'lo kayfiyat ulashildi. Madaniyat xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo'ldi. Tadbirda Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlarining tashrifi bolalikka hayolan sayohat bilan birga ko'ngillarga yanada xursandchilik bag'ishladi. Tadbir davomida turli xil qiziqarli o'yinlar, viktorinalar o'tkazilib, g'oliblar ajoyib sovg'alarga ega bo'ldilar.

Inson qadri ulug'lanishidan dillar osmon qadar mamnun bo'ldi. Soha vakillariga maxsus Yangi yil sovg'alari ulashildi.