"Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun"

Tadbirda ushbu mahallalarda yashovchi fuqarolar, nuroniylar, uyushmagan yoshlar, profilaktik va probatsiya hisobida turuvchilar, ijtimoiy himoyaga muhtojlar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar, ziyolilar, olimlar, xotin-qizlar, tadbirkorlar, sektor rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

“Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va insonlar hayotiga ijobiy ta’siri targ‘ib qilinib, har bir mahallada aholi uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, olib borilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirishlar berildi hamda videoroliklar namoyish etildi.

Termiz shahar madaniyat bo‘limining badiiy jamoalari tomonidan vatanparvarlik, shukronalik va ko‘ngilochar mavzularda ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchani xursand qilib, tadbirlar yuqori saviyada tashkil qilindi.