SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bugun Termiz shahar hokimi O‘.I.To‘rayev va sektor rahbarlari tomonidan Termiz shahridagi 12-sonli maktabda 1-,3-sektor mas’ullari uchun, 26-sonli maktabda 2,-4-sektor mas’ullari uchun “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni va PQ-402-sonli qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha seminar-yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Unda sektor rahbarlari, shahardagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari, soliq inspektori va ijtimoiy xodimlar, maktab direktorlari va ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish, mahalla va ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan “Mahalla yettiligi”ning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish, Prezidentimizning Farmon va qarorlarida belgilab berilgan topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.