Inson qadri-ulug'!

X.Allamurodovning ish faoliyati bilan tanishish hamda tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarda yangi ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida mahalla faollari, yoshlar, tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuv yoshlarga chinakam motivatsiya bo'lishi bilan birga, bir qator yoshlarning mavjud muammolariga ham yechim bo'ldi.

Birgina misol: "Pattakesar" mahallasi fuqarosi Nargiza Ashurovaning uyi ta'mirtalab ekanligi, sharoit qilishlari uchun imkoniyatlari yo'q ekanligi to'g'risida Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo'limi boshlig'i F.Xalmuratov va mahalla yoshlar yetakchisi tadbir davomida aytilgan murojaat bir oilaning cheksiz quvonchiga sabab bo'ldi.

Uchrashuvdan yakunida, X.Allamurodov mutasaddi hodimlar bilan birgalikda N.Ashurova xonadoniga tashrif buyurdi. Holat o'rganilgan holda, N.Ashurova va oila a'zolari tadbirkor tomonidan haqlari to'langan holda ijara xonadoniga ko'chirildi va fuqaroning doimiy yashash uyi to'liq qayta qurib, bitkazib berilishi va'da qilindi hamda o'sha kunning o'zidayoq ishlar boshlab yuborildi.

"Inson qadri — ulug‘. Har bir inson ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi kerak"

Bugun, "Pattakesar" mahallasida shinam, qulay shart-sharoitlarga ega, yangi qurib bitkazilgan uy-joy tadbirkor X.Allamurodov, nuroniy otaxon-onaxonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida katta xursandchiliklar bilan egasiga topshirildi.