Amaldagi islohotlar: Inson qadri uchun!

Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov tashabbusi bilan Termiz shahar hokimligi tomonidan 110 ta koʻmakka muhtoj oilaga bayram sovgʻasi ulashildi. Darhaqiqat, yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash orqali inson qadri ulugʻlanmoqda. Bu borada jamiyatimiz asosi boʻlgan mahalla hal qiluvchi oʻrin tutadi. Mahalla tinch boʻlsa, yurt tinch boʻladi.Mahalla obod boʻlsa, mamlakat obod boʻladi. Bebaho boyligimiz boʻlgan tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilganligini islohatlar negizida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligida ham urush va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash, koʻmakka muhtoj insonlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatishga alohida eʼtibor berilmoqda.