Ishbilarmon yoshlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Unda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 40 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirish, ushbu zonalarda  tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish, shu jumladan sanoat ipotekasi asosida amalga oshirish, sanoat ipotekasi asosida qurilish uchun yer maydonlari tegishli bosh rejalarga muvofiq elektron onlayn-auksionga quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlarining asosiy parametrlari va qurish muddatlari to‘g‘risidagi shartlar belgilangan holda joylashtirish, sanoat ipotekasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan barpo etiladigan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari keyinchalik ular tomonidan yosh tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilish belgilangan.

Mazkur qarorga asosan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini yosh tadbirkorlar tomonidan xarid qilish bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirishga ruxsat etishga, ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan moliyaviy resurslarni tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga taqdim etishga, tijorat banklariga moliyaviy resurslarni Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari doirasida milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha Markaziy bankning asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 11 yil muddatga taqdim etishga, tijorat banklari tomonidan milliy valyutadagi kreditlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratishga, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Jamg‘arma mablag‘lari va kredit bo‘yicha foiz stavkasini mutanosib ravishda pasaytirish, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoldirishga, tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy resurslarning eng yuqori miqdorini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun moliyalashtiriladigan jami investitsiya loyihalari doirasida 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda belgilashga ruxsat berilgan.

Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarining tasdiqlangan bosh rejalariga asosan 2024 yilda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun 40 mlrd so‘m mablag‘larni 2024-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi orqali ajratish choralari ko‘rilishi, Termiz shahridagi «Tinchlik» Yoshlar sanoat zonasi tajribasi asosida 2024 yilda 6 ta tuman (shahar)da, 2025 yilda 8 ta tumanda Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida bino-inshootlar barpo etilishi qayd etilgan.

Ushbu qarordan asosiy maqsad, yosh tadbirkorlarga har tomonlama ko‘maklashish, ular uchun malakali mutaxassislar ishtirokida seminarlar tashkil etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini joriy etishdir.

Termiz tumanlararo  iqtisodiy sudining devonxona mudiri Qilichev Abduraim Yarashevich