BRIFING

Termiz shahrida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi:

Termiz shahrida jami 160 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib, bugungi kunda mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy quvvati 11907 nafarni tashkil etadi.

        - 32 ta davlat MTT quvvati 5765 o‘rinli bo‘lib, 7726 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

        - 5 ta xususiy MTT quvvati 370 o‘rinli bo‘lib, 353 nafar bolalar qamrab olingan.

        - 20 ta davlat xususiy sherikchiligidagi MTT quvvati                    2635 o‘rinli bo‘lib, 2036 nafar bolalar qamrab olingan.

- 103 ta oilaviy MTT quvvati 3137 o‘rinli bo‘lib,                         2792 nafar  tarbiyalanuvchilar bilan faoliyat yuritmoqda.

Shahardagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 15 ming 731 nafar bolalardan 12 ming 907 nafari barcha turdagi 160 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan bo‘lib, bolalarga nisbatan qamrov darajasi 82% ni tashkil etadi.

2023 yil yakuni qadar shahardagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar 15 ming 731 nafarni tashkil etishi prognoz qilinayotgan bo‘lib, qamrov ko‘rsatkichini 12 ming 907 nafarga                  yetkazildi.

Shahardagi 32 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qamrovi 7 ming 726 nafarni tashkil etib, hozirgi vaqtda ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 2 tasi (19-sonli DMTT) Maxalliy budjet mablag‘lari hisobidan joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda (5-sonli DMTT) Shuningdek, jami 20 nafar tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha 3 tomonlama bitim-shartnomalari tuzilib, imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 42 mlrd 464 mln.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan va hozirgi vaqtda ularning barchasi o‘z faoliyatini boshlagan.

Shuningdek Termiz shahar 30-sonli DMTT “Turon” MFYda joylashgan. 1986 yil qurilgan bo‘lib, 140 o‘ringa mo‘ljallangan.

       Hozirgi kunda investitsiya dasturi asosida ta’mirlash ishlari olib borildi. Qurilishning umumiy loyiha qiymati                       3 879 540 000 mlrd so‘mni tashkil qiladi va joriy yilning                       15 noyabr sanasida to‘liq ta’mirlanib faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Maktab ta’limi yo‘nalishi:

Termiz shahrida 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi,                 1 ta Prezident maktabi, 2 ta ixtisoslashtirilan maktab-internati( 1-,2-sonli IMI), 1 ta ixtisoslashtirilan maktab                   (3-sonli IM), 2 ta nodavlat ta’lim muassasalari va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, shaharda faoliyat yuritayotgan 26 ta umumta’lim maktablarida 1225 ta 1-11 sinflarda jami 35 ming 872 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda. (shundan, 17470 nafari                    qiz bolalar).

Pedagog xodimlarni malaka toifalari

2022-2023 o‘quv yilida jami 2316 nafar o‘qituvchilarning malaka toifalariga ko‘ra 176 nafari oliy toifa  (7.3 %), 429 nafari birinchi toifa (18.5 %), 823 nafari ikkinchi toifa (34.1%),  588 nafari mutaxassis (28.5%)  o‘qituvchilar  mavjud  bo‘lgan   bo‘lsa,

2023-2024 o‘quv yilida 2384 nafar o‘qituvchilarning malaka toifalariga ko‘ra 260 nafari oliy toifa (10.9 %), ya’ni 3,6 foizga o‘sgan, 638 nafari birinchi toifa (26.8 %), ya’ni 8,3 foizga o‘sgan, 713 nafari ikkinchi toifa (29.9%), 551 nafari mutaxassis (22.4%) toifasiga ega bo‘lgan  o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

87 nafari tugallanmagan oliy, 135 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar.

 

Pedagog kadrlarni attestatsiya natijalari

 

2022 yilda pedagog kadrlarni attestatsiyalari natijalariga ko‘ra o‘rtacha 68,3 bal bilan Termiz shahri viloyatda 1-o‘rinda, Respublikada 27-o‘rinni egallagan.

Milliy reyting natijalari

O‘tgan 2022-2023 o‘quv yili milliy reyting natijalariga ko‘ra Termiz shahri Respublikada  16-o‘rinda.

 Viloyat miqyosida esa 1-o‘rinni egallagan.

2023 yilda fanlar  bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasi natijalari

Termiz shahridagi 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-,10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasining natijalariga ko‘ra viloyat bosqichida ishtirok etgan o‘quvchilar 9-,10-,11-sinflar kesimida quyidagi natijalarga erishdi.

VILOYAT 1-GURUH FANLARI BOSQICHIDA:

9-sinf: Rus tili fani 1-va 2-o‘rin.

9-sinf: Ingliz tili fani 1-o‘rin.

10-sinf: Rus tili fani 1-va 2-o‘rin.

11-sinf: Rus tili fani 2-va 3-o‘rin.

VILOYAT 2-GURUH FANLARI BOSQICHIDA:

10-sinf: Kimyo  fani  2-o‘rin.

10-sinf: Matematika fani  2-o‘rin.

11-sinf: Kimyo fani 1-va 2-o‘rin.

11-sinf: Informatika fani  2-o‘rin.

Jami 14 nafar o‘quvchilar viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

 

Xorijiy fanlarni o‘qitish

26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yilida 1226 ta sinf faoliyat yuritib, shundan  1226 ta sinfda ingliz hamda bo‘lingan holda 36 ta sinfda nemis tili darslari o‘tilmoqda.

Bo‘lib o‘tish jaryonida ingliz tili fanidan 1226 ta sinfda        35032 nafar o‘quvchilar, nemis tili fanidan 36 ta sinfda 840 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda.

Xorijiy fan o‘qituvchilari

26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 324 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilari shulardan 291 nafari ayollar, 8 nafar nemis tili fani o‘qituvchilari shulardan 5 nafari ayollar faoliyat olib bormoqda.

324 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilarining 40 nafari oliy toifali, 76 nafari 1-toifali, 106 nafari 2-toifali, 102 nafari mutaxassis o‘qituvchilardir.

324 nafar o‘qituvchilarning 3 nafari (6-,13-,22-maktablar) tugallanmagan oliy ma’lumotli.

8 nafar nemis tili fani o‘qituvchilarining 1 nafari oliy toifali, 2 nafari 1-toifali, 5 nafari mutaxassis o‘qituvchilardir.

 Bitiruvchilarni shahodatnomalar bilan ta’minlanishi va OTMga qabuli

2022-2023 o‘quv yili yakunida shahardagi ta’lim muassasalarini 11-sinf bitiruvchilarining 2725 nafaridan                   51 ta oltin medal va a’lo darajali attestatlarga, 9 ta kumush va a’lo darajali attestatlar tantanali ravishda topshirildi,                     23 nafar bitiruvchilar muddatidan oldin Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi va 32 nafardan ortiq bitiruvchi yoshlarimiz o‘zlarining chet-tillarini bilish sertifikatlari orqali imtiyozli ballarga ega bo‘lishdi.

26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 2023 yilda bitirgan 2350 nafar 11-sinf bitiruvchilarining   578 nafari ya’ni                      25 foizi O‘zbekistondagi davlat OTMlariga davlat test sinovi asosida talabalikka qabul qilingan, shundan 181 nafari grant, 397 nafari kontrak to‘lovlari asosida.

Joriy yilda Termiz shahri umumta’lim maktablarini 11-sinfini 2350 nafar o‘quvchi bitirdi.Shundan Oliy ta’lim muassasaslariga kirishi ko‘rstkichlari quyidagicha 533 nafari nodavlat OTMga (22,7 foiz), 51 nafari Xorijiy OTMga (2,2 foiz), 578 nafari Davlat OTMga (24,6 foiz), jami bitiruvchilarning 1162 nafari (49,4 foiz) OTMga kirib, Termiz shahri, bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatgichi viloyatda                      1-o‘rinda.                   

Shahardagi 5 ta, ya’ni 1-,8-,9-,11-,26-sonli maktablarning                 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalari kirishi 30 foizdan yuqori bo‘lib, yashil guruh ro‘yxatiga kiritilgan.

15 ta, ya’ni 3-, 4-, 10-, 12-, 13-, 15-, 16-, 17-, 18-, 19-, 22-,                   23-,25-sonli maktablar 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalari kirishi 20 foizdan yuqori bo‘lib, sariq guruh ro‘yxatiga kiritilgan.

5 ta, ya’ni 2-,5-,6-,7-,21-sonli maktablar 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalari kirishi                    10 foizdan yuqori bo‘lib, to‘q sariq guruh ro‘yxatiga kiritilgan.

1ta, ya’ni 24-sonli maktab 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalari kirishi atigi 4 foizni tashkil etgan va qizil guruh ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘qituvchi va o‘quvchilarning Xalqaro va milliy sertifikatlari

Termiz shahridagi 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 2384 nafar o‘qituvchilarning 368 nafari ya’ni 15,4 foizi Xalqaro yoki milliy sertifikatlarga ega.

2023-2024 o‘quv yilida xorijiy va milliy sertifikatlarga ega 305 nafar o‘qituvchilarga ustama ish haqi to‘lanmoqda.

26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 35 ming 872 nafar o‘quvchilarning 186 nafari ya’ni 0,5 foizi Xalqaro yoki milliy sertifikatlarga ega.

Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanganlik

 26 ta umumta’lim maktablarida jami 52 nafar kutubxonachilar  faoliyat yuritmoqda.

       Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kutubxonalarda jami badiiy adabiyotlar soni 51 ming 390 dona badiiy adabiyotlar mavjud. Shulardan 15 ming 624 dona lotin,  31 ming 595 donasi kiril yozuvida 3910 dona rus adabiyoti.          

Yangi o‘quv yilida 1-4 sinf yangi darsliklar                        soni  212 ming 686 dona darslik olingan va maktablarga yetkazilgan.

5-11-sinf infarmatika, ingliz tili daftarlar darsliklari 17 ming 455 dona darslik qabul qilingan maktablarga yetkazib berilgan. 

       2023-2024 o‘quv yilda 1-4 sinf darsliklar bilan to‘liq taminlangan, yuqori 5-,6-,7-,10-sinflarda ham  darsliklar to‘liq ta’minlangan.

        8-sinfda 2822 nafar o‘quvchi bo‘lib, darsliklar soni soni 2699 ta, 123 komplekt yetishmaydi.

        Ta’minlanish 95,6 foiz.

        9-sinfda 2707 nafar o‘quvchi bo‘lib, darsliklar soni 2570 ta, 137 komplekt  yetishmaydi.

         Ta’minlanish 94,9 foiz.

        11-sinf 2025 nafar  o‘quvchi bo‘lib, 1834 koplekt darslik mavjud, 191 komplekt  yetishmaydi.

         Ta’minlanish 90,5 foiz.

         Ta’lim rus tilida olib boriladigan 1-11 sinf o‘quvchilar 100 foiz darsliklar bilan ta’minlangan.

        Maktablarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish

Termiz shahrida 2023-2024 o‘quv yilida jami 26 ta ta’lim muassasalari 100 foiz yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmog‘i bilan ta’minlangan.

26 ta umumta’lim maktabida jami 46 ta informatika sinf xonalari bo‘lib 693 dona kompyuter bilan ta’minlangan.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida  “One millon Uzbek coders” va “TechBiak” Frontend va Scratch dasturlash xamda Grafik  dizayn kurslarida 8096 nafardan ortiq yoshlar o‘qitildi jami shundan sertifikat olganlar soni 5292 nafar va jami bitiruvchi sertifikatlar olganlar soni  3531 nafarni tashkil etdi.

Termiz shahar umumta’lim makutablaridan 82 nafar informatika fani o‘qituvchilari Xalqaro “Google for education” sertifikatiga ega bo‘lishdi.

Termiz shahridagi  4-, 6-, 7-, 8-, 9-, 13-, 14-, 17-, 18-, 21-, 23-, 25-, 26-sonli umumta’lim maktablariga 1 komplektdan (16 dona) kompyuterlarga ehtiyoj mavjud.  

  O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish

 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 20 ta kasb bo‘yicha, 4 ta sektordan jami 12 ta 1-sektor 3 ta (12-,17-,21-), 2-sektor 2 ta                (3-,8-,), 3-sektor 3 ta (1,4,7) 4-sektor 4 ta (9,13,23, 26-sonli) maktablardagi o‘quvchi qizlar va o‘g‘il bolalar uchun namunaviy qilib, “Kasb o‘rgatish” xonalari va nazariy bilim olishlari uchun burchaklar tashkil etildi.

15 ta umumta’lim maktablarida xonalar qayta jihozlanib, maktabning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasb o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan.

Shu bilan birga maktab mikrohududiga yaqin bo‘lgan kasb-hunarga o‘rgatish uchun ishlab-chiqarish korxonalari, yog‘och va metallga ishlov berish ustaxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish savdo nuqtalari, issiqxonalari bilan o‘quvchilarni bir biri bilan bog‘lab, 7859 nafar yoshlar kasb sirlarini o‘rganishga jalb qilingan.

Hozirgi kunda ikkinchi til bo‘yicha jami 6 ta umumta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy til to‘garaklari tashkil etilgan. Jumladan, 3-,12-,20-,25-,26-sonli maktablarda nemis tili bo‘yicha fan to‘garaklari tashkil etilgan.

Qolgan 20 ta umumta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish maqsadida mutaxassislar jalb qilish va ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

Umumta’lim maktablarida jami 26 ta umumta’lim maktablarida 53 ta ingliz tili fani to‘garaklarida 6700 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ingiliz tilini, 5 ta nemis tili to‘garaklarida 220 nafar o‘quvchi yoshlar nemis tilini o‘rganmoqdalar.                               

  Bo‘lim boshlig‘i                       S.Abdurasulov