OCHIQ MULOQOT

“Ochiq muloqot”da dastlab Termiz shahar hokimining oʻrinbosari K.Ashurov tomonidan yoshlar siyosati sohasida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yil rejalari toʻgʻrisida axborot berildi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimlari boʻyicha aniq qarorlar qabul qilindi hamda bildirilgan fikr va mulohazalar asosida muhim vazifalar belgilab olindi.

Tadbir davomida joriy yilda turli yutuqlarga va ijobiy koʻrsatkichlarga erishgan 8 nafar mahalla yoshlar yetakchilari, 40 nafarga yaqin iqtidorli va faol yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning oʻqish kontrakt toʻlovlari uchun 120,0 mln. soʻmlik vaucher hamda subsidiya asosida bir guruh yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollari topshirildi.

Tadbir soʻngida isteʼdodli yosh sanʼatkorlar tomonidan jonli ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barcha ishtirokchilarga bir olam zavq bagʻishladi.