MATBUOT ANJUMANI

MATBUOT ANJUMANI

Bugun, 14-oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasi binosida “Shahardagi yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar” to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu matbuot anjumanida jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, mutasaddilar ishtirok etishdi. Anjumanda shahar hokimi o‘rinbosari K.Ashurov shahardagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, matbuot anjumanida jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining savollariga batafsil javob berildi.