O‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Termiz shahar 1-2-3-son ixtisoslashtirilgan maktablari o'quvchilari qatnashishdi.

Uchrashuvda viloyatimizdagi maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanlaridan olimpiadalar xususida ma'lumot berildi. O‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan javob olishdi.