YANGI YIL YARMARKASI

Yangi yil bayrami arafasida aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Termiz shahrida joylashgan "Markaziy dehqon bozori"da chorvachilik, parrandachilik, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mavjud yangi yil savdo yarmarkasi o'z ish faoliyatini boshladi.

Yarmarkada shahrimiz aholisi barcha turdagi qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini bozor va doʻkonlardagidanda hamyonbop narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Yarmarkada qoʻy, mol goʻshti, meva, sabzavotlar, un, guruch, yogʻ va shu kabi 30 ga yaqin mahsulotlarni xarid qilish imkoniyati yoʻlga qoʻyilgan.