Yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Mazkur tantanali tadbirning ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Oʻ.Toʻrayev ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha Davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyat va imtiyozlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

 

Tadbirda nuroniylar, mahalla faollari, soha masʼullari va OAV vakillari ishtirok etishdi. Yangi yil bayrami arafasida ushbu muassasaning foydalanishga topshirilishi ota-onalar va bolajonlar quvonchiga quvonch qoʻshdi.