Seminar-trening bo'lib o'tdi.

Unda Madina Nurman fotografiya san’at, haqiqiy fotograf esa ijodkor ekanligi, shaxs yoki voqelikni suratga olishda qaysi jihatlariga e’tibor qaratish kerakligi, hudud va rahbar imijini oshirishda fotoning ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berdi.

Mutaxassis fotografning sifatli kadr tanlay olishi, noodatiy, ta’sirchan va ishonarli suratlarni auditoriyaga taqdim etishi, emotsional holatlardagi kadrlarni topa bilishi, voqelik haqida yetarlicha, real taassurot uyg‘otish maqsadida suratga olish jarayonida barcha rakurs va planlarni mo‘ljallab olmog‘i muhim ekanligini qayd etdi.

Taqdimot jarayonida sifatli va noodatiy kadrlar, shuningdek, xato tarzda qo‘llangan rasmlar tahlil qilinib, ishtirokchilarga sifatli kadr olish va shaxs imijini yaratishda fotojamlanma tayyorlash borasida taklif va tavsiyalar berildi.