Ochiq muloqot

Ochiq muloqot

Joriy yilning 27 oktyabrь kuni Termiz shahar tibbiyot birlashmasi binosida Termiz shahrida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.

Ochiq muloqot davomida shahar tibbiyot birlashmasi va unga qarashli oilaviy poliklinikalarda fuqarolar va davolanayotgan bemorlarga yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar haqida birlashma boshligʼi va uning oʼrinbosari hamda mutaxassislari tomonidan maʼlumotlar berildi.

Shundan soʼng ijtimoiy tarmoq faollari hamda jamoatchilik vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.