Sport-salomatlik garovi!

Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martda qabul qilingan 145-sonli “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi Qarorining 1-ilovasi 2-bobiga asosan “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan 200 nafarga yaqin xotin-qizlar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqada xotin-qizlar 4 ta yaʼni: voleybol, arqon tortish, stol tennisi hamda "Arm Resling" sport turlari boʻyicha bellashdilar. Gʻolib boʻlgan jamoa va xotin-qizlar shahar hokimligining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.