Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi

Unda ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosarlari, Termiz shahar hokimi O'. To'rayev, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari nogironligi bo‘lgan shaxslar doimo davlat va jamiyat g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidlashdi va ularga esdalik sovg‘alar, protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq tayoqlar topshirildi.

 

 

To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilar qalbiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.