Tikuv mashinalari topshirildi.

Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Ayollar daftari" ga kiritilgan 60 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun kerak boʻlgan tikuv mashinalari bilan ta'minlandi.

Ayollar daftari — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.