Termiz shahrida Xalqaro ilmiy konferensiya.

Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Quvayt, Marokash, Qatar, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya singari 20 ga yaqin xorijiy davlatlar, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlaridan taniqli ulamolar, yetuk olimlar, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari Surxondaryo viloyatida boʻlib turishibdi.

Mehmonlar Al Hakim at-Termiziy va Sulton Saodat majmualariga tashrif buyurishib, ziyorat qilishdi. Xalqaro konferensiya ishtirokchilari majmualar bilan tanishib, buyuk bobokonlarimiz haqiga qurʼon tilovat qilindi.

Xalqaro ilmiy konferensiya ishi davom etmoqda.