Xotin-qizlar huquqlari himoya qilish dolzarb masala

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 aprel kunidagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli qonuni ayollar va bolalar huquqi himoyasi borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 23 martda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2023 yil 6 aprelda ma’qullangan.

Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bu xotin-qizlarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanksiyalar belgilash, xotin-qizlarni shilqimlik va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari yaratish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati xotin-qizlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qiladigan muddatga yetkazish kabi masalalarni hal etishga qaratilgandir.

Ushbu Qonun xotin-qizlarga nisbatan shilqimlik hamda zo‘ravonlikning oldini olishga, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga mustahkam huquqiy asosni yaratdi.

Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi 746-XII-sonli Qonuni 8-moddasining uchinchi qismi qayta tahrirlandi, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organi deb belgilandi.

Shuningdek, ayolni homilasini sun’iy tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilib, jarima miqdori BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha yoki 3 yildan 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanashi belgilandi.

Ilgari BHMning 50 baravarigacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidagi ayrim moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, nomusga tegish (118-modda) va jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-modda) jinoyatlari uchun javobgarlik 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi. Ilgari 3 yildan 7 yilgacha edi.

Bundan tashqari, mazkur jinoyatlar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, sobiq xotiniga, bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilishi, jabrlanuvchiga qarab turish yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilishi jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat deb topilishi nazarda tutilmoqda.

Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Jumayev Diyor Bozorovich.