Surxondaryo viloyatida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 32 yilligi va O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda

Surxondaryo viloyatida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 32 yilligi va O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda
Bayram shodiyonalari erta tongdan Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari, adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, talaba-yoshlarning gulchambar qo'yish marosimi bilan boshlandi.
Tantanali tadbirda TerDU rektori A.Marahimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari M.Allamurodov, RMMM viloyat bo‘limi rahbari N.Raxmatullayeva va boshqalar so‘zga chiqib, go‘zal va nafis tilimizning mustaqilligimizni mustahkamlashdagi ahamiyatini, obod va ozod Vatanimizni dunyoga keng tarannum etishdagi o‘rnini alohida qayd etdi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi. Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qilib, so‘z mulkining sultoni haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.