Olib borilayotgan huquqiy targā€˜ibotlar

Davlat va huquq masalalari kabi, huquqiy ong va  madaniyat ham bugungi kundagi dolzarbligini, bu borada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligini alohida qayd o‘tib o‘tish lozim.

Sudyalar tomonidan Termiz shahridagi tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlarida turli mavzularda huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yil davomida Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari tomonidan 50 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida, ishtirokchilarga sud-huquq sohasiga oid qonun va qonun osti hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirilishi bilan birga, sudlar faoliyatidagi o‘zgarishlar hamda yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi, shuningdek huquqiy yordamga ehtiyoji bor ayollarning sayyor qabullari tashkil etildi.

Joriy yilning noyabr oyida ham Termiz shahridagi “Yulduz”, “Bo‘ston”, “Shifokorlar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi va ushbu mahallalarda yashovchi aholiga O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirda qabul qilingan Konstitutsiyasining, yangi qabul qilingan qonunlarning, va Prezidentimizning farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, ayollar va voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning sabablari va ularning oldini olish haqida, shuningdek oilaviy ajrimlarni kamaytirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, jamiyatimizning vakillari bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy bilimini oshirish va ularga yuridik ko‘mak berishdan iboratdir.

Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Jumayev Diyor Bozorovich.