“Vatanparvarlar bogʻi” foydalanishga topshirildi.

 

Xususan, Termiz shahrida toʻyga-toʻyona sifatida voha ahli hamda yoshlari uchun 3,8 gektar maydonda yangidan barpo etilgan “Vatanparvarlar bogʻi” foydalanishga topshirildi. Bogʻ 4 ta hududga, Vatanparvarlik, madaniy hordiq, sport va maʼnaviy ozuqa hududlariga ajratilgan boʻlib, yoʻnalishlarga mos ravishda jihozlangan.

Hududda oʻrnatilgan tarixiy eksponatlar va harbiy texnikalar yoshlarga milliy armiyamizning tarixi va buguni haqida maʼlumotlar berish bilan birga ularda harbiy Vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishda xizmat qiladi.

Shuningdek, bogʻ hududida yangi hunarmandchilik markazi va zamonaviy kutubxona ham tashkil etilgan.

Davlatimiz bayrogʻining 32 yillik bayrami tantanalari va “Vatanparvarlar bogʻi”ning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, harbiylar, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etishdi.