Chiqindilarni qayta ishlash sohasida olib borilayotgan ishlar.

Chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida mamlakatimizda, xususan, Surxondaryo viloyatida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Viloyatimizda jami 12 ta “chiqindi poligoni” bo‘lib, aholiga 6 ta sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatib keladi.

Viloyatda yil davomida jami 380-400 ming tonna chiqindi chiqariladi. Shundan, 120-130 ming tonnasi 15 ta korxona tomonidan qayta ishlanib, yarim tayyor va tayyor mahsulotga aylantiriladi. Bu esa yil davomida umumiy chiqariladigan chiqindining 30% foizini tashkil etadi.

Jumladan, “Dionis-Surxon” MCHJning chiqindini yig‘ish va qayta ishlash korxonasi yil davomida 25 ming tonna hajmni utilizatsiya qilib, qayta ishlaydi. Kundalik turmush tarzimizda bir marta ishlatib tashlab yuboriladigan politelen plyonkalar aynan ushbu korxonada qayta ishlab chiqariladi.

Shuningdek, korxonada yarim tayyor mahsulotlar – granulalar tayyorlanadi va ushbu xom ashyo politelen quvurlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.