MARAFON - O`TKAZILDI!

3 sentyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Termiz, Guliston, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xiva va Nukus shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Respublika bo‘ylab 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar ushbu ommaviy sport musobaqasida io‘tirok etdi.

Toshkent shahrida "Humo Arena" sport maydoni o‘tkazilgan ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talaba ham qatnashdi.

Tadbir tashkilotchilari – Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlarning hokimliklari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Yengil atletika federatsiyasi.

Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasining dasturiga 3 km va 10 km masofalik ikkita distansya kiritildi. Qolgan shaharlarda "Yangi Nafas" sport harakatining yagona ramziy masofasi 3 km ni tashkil qildi.

Shuningdek, 30 ta chet el davlatidan vakillar ham ushbu keng ko‘lamli sport bayramiga qo‘shildi.

Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston sport yugurish klublaridan qariyb 400 nafar ishtirokchi "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurdilar.

"Yangi Nafas" g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pullik mukofot fondi va ommaviy yugurish musobaqasining ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari ajratildi.

Musobaqa yetakchilarini tantanali taqdirlash uchun "Milliy Bog‘"da maxsus tantanali oqshom tashkil etildi.