Tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari haqida gapirdi

Uchrashuvda Gennadiy Kravchenya tadbirkorlik faoliyati, erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlarining muhim omillari haqida ishtirokchilarga gapirib berdi. Yoshlar hamda aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.

– Har qanday ishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari izlanish, saʼy-harakat, mashaqqatli mehnat, eng asosiysi, omilkorlik bilan ish yuritishda, – deydi tadbirkor G.Kravchenya.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlikni endi boshlagan, tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarning tadbirkorlik borasidagi bilim va tushunchalarini boyitishga, biznesga boʼlgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.