Surxondaryoda ilk bor dron-shou boʼlib oʼtdi

Surxondaryoda ilk bor dron-shou boʼlib oʼtdi
Termiz shahridagi "Bolajon" bogʼida dron-shou oʼtkazildi. Shou avvalida sanʼatkorlar ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi.
Shundan soʼng, Oʼzbekiston Respublikasining xaritasi, davlat bayrogʼi, Saylov-2021 va siyosiy partiyalar nomlari 250 ta dronlar yordamida aks ettirildi.
Dron-shouni Termiz shahri va tumanlardan tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz hamda vohamizga tashrif buyurgan xorijiy kuzatuvchilar tomosha qilishdi.
Shou dasturi viloyat teleradiokompaniyasi orqali toʼgʼridan-toʼgʼri jonli efir orqali namoyish etildi.