Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi oʻrganildi.

Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Termiz shahridagi qator mahallalarda boʻlib, mahalla guzari, bolalar maydonchasi qurish, ichimlik suvi tarmogʻi tortish, yashil hududlarni tashkil etish va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tatanishdi.

Viloyat rahbari shahar boʻylab oʻrganish ishlarini Ibn Sino va Islom Karimov koʻchalarida davom ettirib, avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.

Masʼullarga ishlarni jadallashtirish, yashil hududlar parvarishini sifatli olib borish, illyuminatsiya chiroqlari oʻrnatish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash topshirigʻi berildi.