Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish

Jinoyatlarning sabablari, kelib chiqish omillari tahlil qilindi. Muhokamada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida sektor rahbarlari, mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori va boshqa hamkor idoralar masʼullari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktikasini olib borish maqsadida “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi hamda “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.