Seminar:“Obod va xavfsiz mahalla”

Seminar davomida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Surxondaryo viloyatida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huqubuzarlik va jinoyatlarni keskin kamaytirish yuzasidan qator tavsiya va tushunchalar, qoʻshma qaror bilan belgilangan vazifalar yuzasidan masʼullar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Mazkur oʻquv seminarlar barcha hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, gvardiya, Yoshlar ishlar agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar Akademiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.