Hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi!

Bugun Termiz shahri hokimi O'.To'rayev boshchiligida sektor va tashkilot rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo'limi, mahalla yetakchilari, keng jamoatchilik faollari ishtirokida tashqi mehnat migratsiyasidagi yoshlar bilan masofaviy video muloqot bo'lib o'tdi.

100 dan ortiq mehnat migratsiyasidagi yoshlar ishtirok etgan uchrashuv davomida shahar hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. 30 dan ziyod chet eldagi vatandoshlarimiz murojaat qildi va ushbu murojaatlar yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.