Profilaktik tadbirlar

Termiz shahar hokimi O'. To'rayev, viloyat IIB boshligʻi A.Ismoilov, Viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari R.A.Namazov, viloyat prokuraturasi 16-boʻlim boshligʻi D.Mirzayev, shahar prokurori X.Mamatqulov, shahar IIB boshligʻi N.Narzullayev va boshqa masʼullar mahallalarga tashrif buyurib har bir mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori faoliyati oʻrganilib, mavjud muammolar eshitildi. Mahallada xavfsiz muhitni yaratish, osoyishtalikni ta’minlash bo’yicha tungi profilaktik tadbirlarni olib borish bo’yicha mahalla "beshligi"ga yo’riqnomalar berildi.

Profilaktik suhbatlar jarayonida voyaga yetamaganlar va yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarni kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.