ISLOHOTLAR AMALDA.

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatma va topshiriqlariga asosan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ajratilgan 25 dona “Volkswagen Caddy 5” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari shahar va tumanlar tez tibbiy yordam bo‘limlariga topshirildi.

Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari kalitlarini hududiy bo‘limlar mutasaddilariga tantanali topshirdi. Shuningdek, tez tibbiy yordam bo‘limlari uchun viloyat hokimligi tomonidan kompyuter jamlanmalari hamda konditsionerlar ham topshirildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialida 215 ta tez tibbiy yordam mashinalari va 10 ta skuter xizmat ko‘rsatib kelmoqda.