SESSIYA !

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri Ismoilov Nuriddinjon Moʻydinxonovich, hududdan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari aloqador korxona va tashkilotlar, muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibida Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda “Yashil energiya“ resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida hamda Termiz shahrida 2023–2024-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, maʼruzachilar va deputatlar tomonidan, bugungi kunda dunyo miqyosida energiya tejamkorligiga erishish, qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbaalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib kelinayotganligi, yurtimizda ham ushbu yoʻnalishda tegishli davlat dasturlari asosida bir qator tizimli ishlar olib borilayotganligi hamda soʻnggi yillarda mamlakatimiz rahbari boshchiligida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida insonlar hayoti farovonligi va turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan bir qator ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar amalga oshirilayotganligi, 2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda Termiz shahar aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash yuzasidan bajarilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.