PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Shahrimiz kun sayin chiroy ochib bormoqda. Yoʻllar, koʻchalar, yangi qurilgan koʻp qavatli uylarga boqib, naqadar zamon bilan hamohang rivojlanayotganimizga guvoh boʻlyapmiz.  Yorugʻ va ajib dizayn koʻrinishidagi ko'chalar, tungi shahar ham barchani birdek oʻziga maftun qilgan. Shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshib turgan jihatlardan yana biri bu zamonaviy koʻp qavatli uylar yangicha tipda bunyod etilayotganligidir.

Termiz shahrida 1991-yilga qadar koʻp qavatli uy-joylar soni
405 tani tashkil qilgan boʻlsa,  2016-yilga qadar yana 29 ta koʻp qavatli uy joylar qurilishi xisobiga uy-joylar soni 434 taga yetkazilgan edi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Termiz shahrida soʻngi 7 yil ichida 360 ta, 1096 xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilib, jami koʻp qavatli uy-joylar soni 790 taga yetdi. Buning hisobiga 12500 nafar aholining uy-joyga boʻlgan talabi qondirilishga erishildi. Shundan 3 855 tasi (41%) xonadon xotin-qizlarga toʻgʻri keladi.
2023 yilda jami 34 ta 7, 9, 12, 14 va 16 qavatli 3487 xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan boʻlib, bugungi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda va yil yakuniga qadar foydalanish uchun tayyor holga keltirish reja qilingan. Ularning birgina misolida press-tur doirasida tashrif buyurilgan koʻp qavatli, zamonaviy uy joylar kompleksi shaharning "Doʻstlik" mahallasi "Alisher Navoiy" koʻchasida qad rostlamoqda. Mazkur 3 ta-140 xonadondan iborat koʻp qavatli uy-joylarning qurilish ishlari toʻliq yakunlanib, oʻz egalariga topshiriladi.