QUTLOV!

Jonajon Vatanimiz dunyo hamjamiyatida o‘z obro‘-eʼtiboriga ega bo‘lib, qalbimizga farovon hayot zavqi olam-olam quvonch baxsh etayotgan shu qutlug‘ kunlarda, barchamiz yurtimizning yana bir ulug‘ ayyomi – “Tibbiyot xodimlari kuni” ni keng nishonlamoqdamiz. Bugun, Termiz shahrida ham soha xodimlari bayrami dasturxon ustida "Nigina" tantanalar saroyida ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Darhaqiqat, shifokor deganda, har birimizning ko‘z o‘ngimizda qalb mehri va kasb masʼuliyati bilan dardlarga darmon bo‘layotgan, sog‘lom avlod dunyoga kelishiga hissasini qo‘shib, fidoyilik namunalarini ko‘rsatayotgan salomatligimiz posbonlari namoyon bo‘ladi.

Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bayramda 6 ta oilaviy poliklinika, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, sil dispanseri va markaziy shifoxonalarning 400 nafar ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

Tan olib eʼtirof etish kerakki, sohaning shunday zabardast fidoyilari sabab tibbiyot sohasi xodimlari barcha jamiyat va barcha davrda ham o‘ta yuksak darajadagi sharafga munosib ekanligini bugun yana bir bora o‘z isbotini topmoqda.