Termiz shahrida yer osti yo'li

Tadbirda Termiz shahar hokimi O'.To'rayev, mutasaddilar, nuroniy otaxon va munis onaxonlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Qayta ta'mirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirilgan yer osti yo'li endilikda aholiga yanada qulayliklar keltirishi, texnikalar bilan bog'liq xavfsizlikni ta'minlashi barchani mamnun etdi.

Nuroniylar osmonimiz doimo musaffo bo'lishi, yurtimiz tinch, shaharlarimiz yanada rivoj topib boraverishini tilab qo'llarini duoga ochdilar.