Voleybol:"Oʻzbekiston kubogi"

Termiz shahrida sportning voleybol turi bo'yicha (U-14) 14 yoshga to'lmagan o'smirlar va qizlar o'rtasida "O'zbekiston kubogi" musobaqasining final bosqichi boʼlib oʼtdi.

Musobqaga respublikamizning barcha viloyatlaridan sportchi yoshlarimiz voleybolda oʼz mahoratlarini koʼrsatdi.

"O'zbekiston kubogi" musobaqasida qizlar oʻrtasidagi final bosqichi Surxondaryo viloyati va Namangan viloyatlari oʼrtasida boʼlib oʼtdi.

Musobaqa qizgʻin davom etdi va

Surxondaryo jamoasi 2:1 Namangan jamoasi

hisobida surxon barchinoylari gʻalaba qozondi va bu Surxondaryo voleybol tarixida ilk gʼalaba boʼganligi qayd etildi. 

Musobaqa yakunida tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi va gʼolib boʼlgan jamoalarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.