Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash

Tashrif jarayonida "Surxon sohili" mahallasida “Obod xonadon-Obod ko'cha-obod mahalla” tamoyili ostida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, shtab aʼzolari, mahalla raisi va xotin-qizlar faoli bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan bolalikdan 1-guruh nogironligi bo'lgan Xalilova Roziya opaning holidan xabar olinib, reabilitatsiya vositalari berildi.

“Ayollar daftari”ning 1-toifasida turgan Jumayeva X. hamda Daminova Oʻ. ga tikuv moshinka berilib, ish faoliyatini boshlaganligi oʻrganildi.

Begmatova B. “Ayollar daftari”ning 3-toifasida turganligi va yashash xonadoni ta'mirga tushganligi va bugungi kunda uyi ta'mirlanayotganlik jarayonlari koʻzdan kechirildi.