"Hech bir yosh e'tibordan chetta qolmaydi!"

Ushbu tadbirda sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va masʼullari, harbiylar, umumtaʼlim maktablarining maʼnaviyat boʻyicha oʻrinbosarlari va psixologlari hamda keng jamoatchilik faollari bilan birgalikda OAV vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv voyaga yetmagan o'quvchilarni ilm olishga va kasb-hunar o'rganishga qiziqtirish maqsadida Termiz shahridagi "Yoshlar markazi" binosidagi to'garaklar faoliyat jarayonlarini tanishtirish bilan boshlandi.

Yoshlarda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish maqsadida Termiz harbiy prokurorining koʻmagida harbiy qism hamda “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek, “Qoʻgʻirchoq” teatrida o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etilib, yoshlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan sog'likni asrash to'g'risida kerakli maslahatlar berildi.

Jarayon “Sektor rahbarlari va voyaga yetmaganlar” uchrashuvi bilan qizg'in davom etdi. Termiz shahar hokimi O'.To'rayev, shahar prokurori X.Mamatqulov, Termiz muxandislik-texnologiya instituti prorektori M.Majidov, shahar bosh imomi R.Abdullayevlar yoshlar bilan muloqot olib bordi.

Uchrashuvda "Tengdoshga-tengdosh" maylida “Jasorat” medali sohibasi  Zuxra Xasanova hamda Ispaniyada oʻtkazilgan xalqaro festival gʻolibi Charos Absoatovalar so'zga chiqib o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

Tadbirlarlar yakunida musiqiy dastur va spektakl namoyishi qoyilib, yoshlarga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.