Uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

Viloyat hokimi U.B.Qosimov tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Termiz shahar hokimi Oʻ.Toʻrayev tadbirkor “Termiz tezkor qurilish” ITQK rahbari H.Allamurodov bilan birgalikda Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qurilish texnikumida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv ustaxonasi faoliyati va oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish jarayonlari bilan tanishilib, texnikum oʻquvchilari va oʻqituvchilari bilan samimiy muloqot qilindi hamda oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuv soʻngida “Termiz tezkor qurilish” ITQK rahbari H.Allamurodov, Arxitektura va qurilish texnikumi direktori Oʻ.Omonov va texnikumning oʻquvchilari oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar imzolanib, oʻquvchilarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, ularning amaliyot oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va bitirgandan soʻng ishga qabul qilish hamda doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi muhim masalalar kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozimki, ushbu texnikumda bugungi kunda 6 ta kasb boʻyicha 202 nafar oʻquvchilarga 18 nafar ishlab chiqarish taʼlim ustalari va pedagog xodimlar kasb-hunar oʻrgatib kelishmoqda.