Surxondaryodagi qator bogʻchalarda koʻp tilli muqobil guruhlar ochildi

Maktabgacha taʼlim agentligi bilan hamkorlikda UNICEF xalqaro tashkiloti va Yevropa ittifoqi koʻmagi asosida taʼlim sohasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati boʻlmagan jamoalar uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat bogʻchalarida oʻnta koʻp tilli innovatsion, inklyuziv muqobil guruhlari ish boshladi.

Xususan, Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur guruhlarning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda qoʻshma delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etib, loyihaning maqsadi va undan koʻzlangan natijalar borasida maʼlumot berishdi.

Ushbu bogʻchada ish boshlagan koʻp tilli muqobil guruhlarga yordamga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari hamda viloyatda yashovchi afgʻon bolalari qamrab olinadi.