Ochilish marosimi

Tadbir avvalida loyihaning maqsadi va undan ko'zlangan natijalar borasida maŹ¼lumotlar berildi. So'ngra, yaqinlashib kelayotgan 21-oktabr "O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidan so'zlovchi bayram kechasi o'tkazildi.

Tadbirda maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib raqslar va ona tilimizni madh etuvchi kuy-u qo'shiqlar, she'riy chiqishlar barchaga ko'tarinki ruh bag'ishladi