Yangilanayotgan Surxondaryo

Vohadoshlarimiz uzoq yillar orzu qilgan bu o‘zgarishlar, har bir soha va tarmoqda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kechayotgan bu yangilanishlar katta muvaffaqiyatlarga zamin bo‘lmoqda.

Agrar tarmoq, sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy soha... Ochig‘i, viloyatimizdagi islohotlar samarasi haqida har qaysi yo‘nalish bo‘yicha juda uzoq gapirish, yangilanishlarni istalgan yo‘nalishning kechagi va bugungi holatini taqqoslash orqali yanada ravshanroq ko‘rish mumkin.

Erishilgan natijaning o‘zi eng yaxshi ko‘zgu. Ahamiyatlisi shundaki, yuz berayotgan bu ijobiy o‘zgarishlar boriga shukr, yo‘g‘iga qanoat qilib yashagan Surxon ahlining bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda. Ularning islohotlarga ishonch, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirmoqda.

“Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak poydevori” degan shior har birimizning shundayin hayotimiz qoidasiga, kundalik faoliyatimiz dasturiga aylansa, islohotlar samarasini yuzaga chiqarishga kamarbasta bo‘lish har bir vohadoshimizning shundayin bosh maqsadi bo‘lsa Surxondaryo mamlakatimizning janubdagi gavhariga aylanishiga shubha yo‘q!